Xavfsizlik jihatdan yetakchi Android smartfonlar ma’lum qilindi

Xavfsizlik jihatdan yetakchi Android smartfonlar ma’lum qilindi

Android smartfonlari uchun eng muhim narsa qurilma xavfsizligi hisoblanadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Google I/O 2016 dastur yaratuvchilari anjumanida dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari mobil qurilma tizimlarining axborot va texnik xavfsizligini ham muhokama qilishdi.

Garchi, Google operatsion tizimda xavfsizlikni ta’minlashga urinayotgan bo‘lsa ham, ba’zi smartfon ishlab chiqaruvchilari shoshma-shosharliklarga yo‘q qo‘yish oqibatida foydalanuvchilar qo‘liga axborot xavfsizligi kuchsiz smartfonlarning yetib borishiga sabab bo‘lmoqdalar.

Bu borada taniqli mutaxassis, Duo Labs tadqiqot markazi xodimi, Qualcomm’ning Mahsulotlar xavfsizligi bo‘yicha eksperti Gal Beniamining ta’kidlashicha,  Android tizimidagi mobil qurilmalarning 57 foizi xavfsizlik jihatdan zaif ekotizimga ega.

Shuningdek, joriy yilning yanvar oyida tashkil etilgan tadqiqot natijalarida qayd etishicha, ayni paytda Nexus va Samsung qurilmalarida xavfsizlik yuqori darajada ta’minlangan ekan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.