Xayr Android, xayr Windows! Huawei Harmony OT rasman namoyish qilindi!

Xayr Android, xayr Windows! Huawei Harmony OT rasman namoyish qilindi!

Uning o‘ziga xos jihati – ochiq litsenziya ostidaligi bo‘lib, undan istalgan dasturchi bemalol bepul foydalanishi mumkin.

Изображение

Harmony OT yana bir utstunligi – mikroyader bo‘lgan. Huawei direktori Yu Chendunning aytishicha, Android 100 million qatordan ziyod kodlardan tashkil topgan, OT yaderi kodi esa 20 million qatordan ko‘proq. Amalda esa faqatgina 8 foizgacha bo‘lgan miqdorda kod o‘z ishini bajaradi. Bu OTning o‘lchamiga va qayta javob berish xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun Huawei o‘z operatsion tizimini yaratishda boshqa yo‘lni tanlagan: “ixcham” mikroyadro bazaviy imkoniyatlarga javob beradi, qolgan operatsiyalar esa modullar evaziga amalga oshadi. Bu Harmony OTni ishlatishga qulay qilib, har qanday smartfonda yuqori tezlik va ma’lumot almashinishning yuqori sifatini ta’minlashiga imkoniyat yaratadi.

Aytaylik, smartfon va avtomobil mediasistemasi boshqarishning umuman turlicha bo‘lgan ssenariylarida amalga oshadi, shuning uchun barchasi uchun bitta OT ishlab chiqish shart emas: shunchaki barcha yo‘nalishlar uchun umumiy yader va modullarning o‘zi yetarli. OTning bunday ko‘rinishi taqsimli arxitektura deb ataladi.

Harmony OTda virtualizatsiya keng miqyosda qo‘llaniladi, turli ilovalar va dasturlash tillarini qo‘llab quvvatlash esa Ark kompilyatori evaziga amalga oshadi. Shuningdek, operatsion tizim Linux, Unix va Android tizimlarini qo‘llab qo‘vvatlaydi, shu sababdan ushbu tizimlarda dastur yozishga o‘rganganlar, Huawei uchun dasturiy ta’minot yaratishda muammolarga duch kelmaydi.

Xozircha Harmony OT faqat Huawei va Honor smart televizorlariga o‘rnatiladi. 2020 yilga kelib esa noutbuk, aqlli soat va bilaguzuklar ham qamrab olinadi. 2021 yilda esa Harmony 3.0 OT tayyor bo‘ladi va aqlli kolonka va avtomobil mediatizimlarini qo‘llab quvvatlashni boshlaydi. Smartfonlar haqida esa xech narsa aytilmagan, lekin katta extimol bilan smartfonlar ham yangi tizimdan bahramand bo‘ladi.

Bu Harmony OT haqida ilk ma’lumotlar bo‘lib, taqdimot yakunlanganidan so‘ng yana boshqa taa’surotlar ham oshkor bo‘ladi va yangi tizim ilk bor qo‘llanuvchi qurilma nomi ma’lum bo‘ladi.

O‘QING: Nihoyat, HongMeng operatsion tizimli ilk gadjet namoyish etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!