Xayr Exynos: Galaxy S23 Ultra'ning Yevropa modeli Snapdragon chipi bilan Geekbench'da testdan o'tdi

Xayr Exynos: Galaxy S23 Ultra'ning Yevropa modeli Snapdragon chipi bilan Geekbench'da testdan o'tdi

Samsung odatda o'zining Galaxy smartfonlari Yevropa modelini o'zi ishlab chiqaradigan Exynos chiplari bilan jihozlaydi. Biroq, Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlar bilan bu an'anaga yakun yasalishi mumkin.

Taniqli insayder Ice Universe'ning xabar berishicha, Samsung o'zining keyingi yilgi Galaxy S smartfonlarini Yevropaga ham Snapdragon chipi bilan, bo'lganda ham eksklyuziv variantdagisi bilan yuboradi. Shuningdek, insayder bo'lajak Galaxy S23 seriyasidagi Ultra model Geekbench platformasida texnik xususiyatlar sinovidan o'tganligini ham ma'lum qildi.

Unga ko'ra, SM-S918B model raqamli smartfon 8GB operativ xotira va Android 13 bilan bitta yadroda 1504, bir nechta yadroda esa 4,580 ball olgan. Aytish kerakki, smartfonga uning hozirgi ballariga qarab baho bermaslik kerak yoxud smartfon rasman taqdim qilinganida bundan yuqoriroq natijaga erishishi mumkin.

Yuqorida aytilganidek, smartfon faqat Samsung uchun eksklyuziv bo'lgan yuqori chastotali Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan jihozlangan. Oddiy modeldan farqli o'laroq, ushbu eksklyuziv variantning Arm Cortex-X3'ga asoslangan Kyro protsessori asosiy yadrosi 3,2 gigagerts emas, 3,36 gigagerts chastotada ishlaydi.

Galaxy S23 smartfonlari keyingi yilning fevral oyining ilk haftasida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: O‘tgan yilgi Galaxy A smartfoni One UI 5 barqaror versiyasini qabul qilishni boshladi! 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!