Xayr, iPhone 6S. Birgalikda yaxshi vaqt o'tkazdik

Xayr, iPhone 6S. Birgalikda yaxshi vaqt o'tkazdik

Agar siz-u biz barcha davrlarning eng yuqori daromad keltiradigan filmlarida rol o'ynagan mashhur yulduz bo'lganimizda, balki eng so'nggi rusumdagi va eng zo'r texnologiyalardan foydalangan bo'lar edik. Lekin Kris Evans bunday emas. Marvel'ning "Qasoskorlar" filmlarida o'zining "Kapitan Amerika" roli bilan barcha ma'lum va mashhur bo'lgan Evans bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida "vanihoyat" o'z ayfonini yangilaganligini ma'lum qildi.

 
 
 
 
 
View this post on Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Chris Evans (@chrisevans)

"Xayr iPhone 6S. Birgalikda yaxshi vaqt o'tkazdik. Seni Uy tugmachangni sog'inib qolaman", deydi Evans o'zining Instagram sahifasiga joylagan postida.

Lekin Kapitan eski smartfonini zaryadlash uchun boshidan kechirgan "tungi jang"larni yoki 12 MP kamerada olingan nuqtali, xira suratlarni yoki 100% batareyadan to'satdan 15 foizga tushib qolishini va bir necha daqiqa ichida esa butunlay "o'lib" qolishini sog'inmasligini aytadi. Shukurki, Evans ortiq bunday vaziyatlarga tushmaydi, chunki endi unda iPhone 13 Pro bor.

iPhone 6S smartfoni Apple yaratgan eng zo'r modellardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Kompaniya hozirgacha uning dizaynidan foydalanib keladi. Shuningdek, smartfon egasini rozi qilgan top 10 iOS qurilmalari reytingida hali ham yuqori o'rinlarni egallab keladi.

O'QING: Krishtianu Ronaldu Binance bilan hamkorlik qiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!