Xayr WinRAR yoxud Windows 11 endi RAR fayllarni ortiqcha dasturlarsiz ochish imkoniyatiga ega bo'ladi!

Xayr WinRAR yoxud Windows 11 endi RAR fayllarni ortiqcha dasturlarsiz ochish imkoniyatiga ega bo'ladi!

Microsoft Build dasturchilar konferensiyasining bu yilgi soni kechadan boshlandi va u bir necha kun davom etadi. Ilk kundanoq kompaniya o'zining servislari bilan bog'liq ko'plab yangilik va o'zgarishlarni e'lon qildi. Kutilganidek, tadbir sun'iy intellektga boy bo'ldi va shu bilan birga Windows ham chetda qolib ketmadi yoxud operatsion tizimga ham muhim yangiliklar qo'shilayotgani ma'lum bo'ldi.

Endi Windows 11 kompyuteringizda WinRAR yoki 7-Zip kabi ortiqcha dasturlar kerak bo'lmaydi, chunki Microsoft o'z operatsion tizimiga .rar va .7z formatidagi arxiv fayllarni ochib beradigan ichki funksiyani qo'shmoqda. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu libarchive ochiq kodli loyihasini tizimga integratsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bunda "tar", "7-zip", "rar", "gz" va boshqa ko'plab arxiv formatlari qo'llab-quvvatlanadi.

Yangi funksiya barqaror versiyadagi Windows 11 ga qachon qo'shilishi aniq emas, biroq, ma'lum bo'lishicha, u kelasi haftalarda Windows insayderlari uchun chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!