Xbox One o‘yinlarini endi Windows 10’da o‘ynash mumkin bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  595
  •  28.02.2019 10:36

Xbox One o‘yinlarini endi Windows 10’da o‘ynash mumkin bo‘ladi

Original Xbox o‘yin konsoli taqdim etilganidan beri ko‘pchilik geymerlar va dasturchilarni bitta savol o‘ylantiradi. Ya’ni, dasturiy ta’minot giganti – Microsoft korporatsiyasi Xbox o‘yinlarini Windows tizimida o‘ynash imkonini taqdim etmasmikan?

O‘QING: Xbox One’ga endi klaviatura va sichqoncha ulab ham o‘ynashingiz mumkin!

Chindan ham, original Xbox hamda zamonaviy Xbox One o‘z arxitekturasiga ko‘ra kompyuterlarga juda yaqin. Windows 10 tizimining keyingi jamlanmalarida Microsoft chindan ham geymerlarga shunday imkoniyatni taqdim etadigan ko‘rinadi. Bunga ishora qiluvchi bir nechta omillar mavjud.

Avvalo, dasturiy gigant Xbox infratuzilmasidagi muhim qismlarni Windows 10 tizimiga qo‘shgan. Masalan, o‘yin kompyuterga oddiy Microsoft Store emas, balki Xbox serverlaridan yuklana boshlaydi. Qolaversa, o‘yin to‘plamining o‘zi .xvc formatini qo‘llaydi, bu esa Xbox One o‘yinlariga xos. Shuningdek, .xvc fayllari bilan ishlash va o‘yinlarni o‘rnatish uchun PowerShell buyruqlari paydo bo‘lgan. Bulardan tashqari, Microsoft Gaming Services ham Xbox infratuzilmasining ayrim qismlariga ega: Microsoft Gaming fayl tizimining drayveri hamda Microsoft Gaming o‘rnatish filtri drayveri, shuningdek Xbox API-interfeysini tashkil etuvchi bir nechta kutubxonalar...

Shu va boshqa omillarni hisobga olib, kuzatuvchilar shuni taxmin qilishmoqda: mazkur o‘zaro integratsiyalashuv yanada rivojlanib, Microsoft keyinchalik Windows 10 foydalanuvchilariga Xbox o‘yinlarini kompyuterda o‘ynash imkonini taqdim etadi.

Ungacha esa Terashop.uz internet-do‘konidan Sony PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin pristavkasini 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish yoki kompyuterda ham, smartfonda ham o‘yin jarayonini qulaylashtiruvchi Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Microsoft’ning eksklyuziv mahsuloti himoyasini xakerlar besh kundayoq buzishdi – endi uni bepul ko‘chirib olish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!