Xbox Series X hamda Series S pristavkalarining rasmiy va to‘liq videotavsifi!

  •   DiMaX
  •  284
  •  27.10.2020 11:57

Xbox Series X hamda Series S pristavkalarining rasmiy va to‘liq videotavsifi!

Microsoft korporatsiyasi bultur dekabrda Xbox Series X rusumli o‘yin pristavkasini taqdim etgan edi. Uning shakli sababli kompaniya kulgiga qolgan; biz mazkur mavzudagi videolar va memlarni e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Arzon o‘yin konsoli – Xbox Series S namoyish etildi (+video)

Korporatsiya 10 noyabrda sotuvga chiqarish arafasida, Xbox Series X va Xbox Series S modellarining batafsil rasmiy videotavsifini taqdim etdi. Rolikda rus tilidagi subtitrlar mavjudligi bois, inglizchani yaxshi bilmaydigan muxlislarimiz ham uni tomosha qilib tushunishlari mumkin.

Microsoft vakili unda dasturchilar o‘yinlarning yuklanishini qay tariqa tezlashtirganlari, o‘yinlar grafikasi va o‘ynash jarayonining o‘zi qanday yaxshilangani kabilarni so‘zlab bergan. Shuningdek, hatto foydalanuvchi o‘z uyidan uzoqda bo‘lgan paytida ham Xbox ilovasi orqali konsol va do‘stlari bilan aloqada qolishini ta’minlashi ko‘rsatilgan.

Videolavhada biz yangi simsiz kontroller – Xbox Wireless Controller interfeysining yangi imkoniyatlari, ichki xotiraning kengaytirilgani, o‘yinlar optimizatsiyasi va hokazolar to‘g‘risida ham so‘z yuritilgan.

O‘QING: PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!