Xellouin yaqin: Ikkita qo‘rqinchli o‘yinni butkul bepul olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  1577
  •  23.10.2020 17:40

Xellouin yaqin: Ikkita qo‘rqinchli o‘yinni butkul bepul olib qo‘yishga ulguring!

Kuni kecha biz GOG onlayn do‘koni dunyo tarixi asosida ishlab chiqilgan Europa Universalis II o‘yinini 24 oktyabrgacha butunlay tekin berayotgani haqida yozgan edik. Epic Games kompaniyasi, o‘z an’anasiga ko‘ra, haftaning yakuniga kelib yana ikkita o‘yinni hadya etyapti.

O‘QING: Xakerlar qo‘rqinchli Amnesia: Rebirth o‘yini chiqishi bilan uning himoyasini buzishdi! (+treyler)

G‘arbda ommalashgan Xellouin yaqinlashayotgani munosabati bilan, bu galgi ikkala o‘yin ham xorror janriga mansub. Ulardan birinchisi Layers of Fear 2 deb ataladi va kinoaktyorning qo‘rqinchli sarguzashtlari mavzusida ishlangan. U o‘z karerasidagi eng muhim roli bo‘ladigan filmda suratga tushishga kelgan. Ammo kartina rejissyori qanaqadir g‘alati odam chiqib qoladi...

Layers of Fear 2 o‘yinining raqamli nusxasini bepul olib qo‘yish uchun ushbu havola orqali Epic Games do‘koniga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Geymerlarga ikkinchi sovg‘a – Double Fine studiyasi tomonidan sarguzashtli RPG janrida ishlab chiqilgan Costume Quest 2 o‘yinidir. O‘yinchilar unda turli davrlarga mansub bo‘lgan har xil liboslarni kiyib ko‘rishadi va shunga yarasha turfa qobiliyatlarga ega bo‘lishadi.

Mana bu havola yordamida o‘tib, Costume Quest 2 xorror o‘yinini butunlay tekinga olib qo‘ysangiz bo‘ladi. Yodda tuting: bu ikkala qo‘rqinchli o‘yinning ham bepullik vaqti 29 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 gacha davom etadi.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!