Xiaomi prezidenti Redmi Note 8 smartfonini ko‘rsatdi

Xiaomi prezidenti Redmi Note 8 smartfonini ko‘rsatdi

Xiaomi kompaniyasi prezidenti Lin Bin o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yangi surat yukladi va bu ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Muhokama sababchisi albatta finjondagi qahva emas, balki, uning orqa fonida tushirilgan smartfon edi.

Birinchi bo‘lib ekran yuqori qismidagi tirqishda joylashgan kamera ko‘zga tashlanadi. Huddi shu prinsipda kuni kecha taqdim qilingan Samsung Galaxy Note10 va Galaxy Note10+ smartfonlari old kamerasi joylashgan edi.

Katta extimol bilan suratda barcha tomonidan kutilayotgan 64 megapikselli Redmi Note 8 aks etgan. Korpus yuqori qismida 3,5 mmlik audiotirqishni ko‘rish mumkin. Qurilma yaqin kunlarda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Rasman! Redmi Note 8’ning 64 megapikselli kamerasi taqdim qilindi! 100 MP lik ilk smartfon ham Xiaomi'ga tegishli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!