Xiaomi 10 yadroli Redmi Note 4’ni taqdim qildi

Xiaomi 10 yadroli Redmi Note 4’ni taqdim qildi

Xitoyning  Xiaomi kompaniyasi metall korpusli va o‘n yadroli MediaTek Helio X20 protsessorida ishlaydigan Redmi Note 4 fabletini namoyish etdi.

Texnik paramertlari:

  • Protsessor: MediaTek Helio X20, 10 yadroli, 2,1 GGs
  • Xotira: 2/16 GB yoki 3/64 GB
  • Ekran: 5,5 dyuym, Full HD, 2.5D-oyna, rang haroratini boshqarish imkoniyati
  • SIM-karta sloti: gibrid (2 SIM yoki SIM+microSD)
  • Asosiy kamera: 13 MP, fazali avtofokus, ikkitali LED-chaqnoq
  • Old kamera: 5 MP
  • Akkumulyator: 4100 mA/soat, tezkor zaryadlash standartida
  • OT: Android 6.0 Marshmallow MIUI 8 interfeysida
  • O‘lchamlari: 151x76x8.35 mm
  • Vazni: 175 g
  • Ranglar: kulrang, tillarang, kumushrang

Shuningdek, fabletga barmoq izi skaneri ham o‘rnatilgan. Bu esa smartfon xavfsizligini yanada oshiradi. Fabletning sotuvi Xitoyda 26 avgustda boshlanadi. Uning 16 gigabaytli varianti 899 yuan (135 dollar atrofida), 64 gigabaytli versiyasi esa 1199 yuanga (180 dollar) sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!