Xiaomi 11T Pro Hyper Charge tez zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Xiaomi 11T Pro Hyper Charge tez zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 11T Pro smartfoni Hyper Charge texnologiyasiga ega bo‘lishini rasman tasdiqladi. Ushbu texnologiya smartfonni 120 vattda quvvat olishini ta’minlaydi.

O‘QING: Xiaomi 12: 2022 yilgi Xiaomi flagmanidan kutayotgan 6 jihatimiz

Xiaomi 11T Pro va Xiaomi 11T smartfonlarining global premerasi 15 sentyabrda Toshkent vaqti bilan 13:00 da bo‘lib o‘tishi ham aniq bo‘ldi.

Xiaomi 11T Pro Qualcomm Snapdragon 888 chipi, 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng va 5MP tele makro kameralar bilan jihozlanishi kutilmoqda. Qurilmaning selfi kamerasi 16MP ni tashkil qiladi. Shuningdek, smartfon stereo dinamik hamda NFC bilan ham jihozlanadi

Qurilma 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi AMOLED displeyi hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Smartfon Android 11 tizimiga asoslangan MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi.

O‘QING: Xiaomi Mi 12 hamda Xiaomi Mi 12 Ultra smartfonlarining ilk texnik ko‘rsatkichlari ma’lum