Xiaomi 11T Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi 11T Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Mi brendi endi yo‘q. Xiaomi rasman “Mi“ nomini o‘z smartfonlaridan olib tashladi. Yaqinda kompaniya Xiaomi 11T Pro smartfonini taqdim etdi.

O‘QING: Xiaomi Redmi 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi smartfon 120HZ OLED displeyi, Snapdragon 888 chipi, yuqori sifatli Harmon/Kardon dinamiklari, katta hajmli 5,000 akkumulyator, 120 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega, shuningdek, u Dolby Vision'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilmaning orqa panelida uchta kamera joylashgan bo‘lib, ular 8K video formatni qo‘llab-quvvatlovchi 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera hamda autofokusga ega bo‘lgan 5MP telemakro kameradan iborat. Kameraning texnik jihatlari bo‘yicha smartfon Xiaomi 11 qurilmasiga o‘xshab ketadi. Birgina farq Xiaomi 11'ning ultrakeng kamerasi 13MP ni tashkil qiladi.

Foto: GSMArena

Xiaomi 11T Pro smartfonining displey o‘lchami 6.67 dyuymni tashkil qiladi. Xiaomi 11 hamda 11 Ultra smartfonlarining displey hajmlari nisbatan kattaroq 6.81 dyuymni tashkil qilar edi. Smartfon displeyi QHD rezolyutsiyasidan mahrum bo‘lgan.

Qurilma IP53 standarti mavjud, Gorilla Glass Victus shishasi esa uni qirilishlardan asraydi. Smartfon 120 vatt HyperCharge texnologiyasiga ega.

Xiaomi 11T Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.1x76.9x8.8mm, 204g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha; IP53 standarti.

> Displey: 6.67 dyuymli Super AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 480Hz sensorli namuna olish chastotasi, HDR10+, Dolby Vision, 1000 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5.

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP /1.8, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng: 8MP, f/2.2, 119˚; Makro: 5MP, f/2.4, 50mm, 1/5.0“, 1.12µm.

> Selfi kamera: 16MP, f/2.4, (keng), 1/3.06“, 1,0µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected]/60 kadr/sek., [email protected]/60/120/240/960 kadr/sek., HDR10+; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 120 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 100% 17 daqiqada (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); Harmon/Kardon stereo dinamiklari; infraqizil port.

Yangi smartfondan to‘liq suv hamda changdan himoya, asosiy kamerada optik tasvir barqarorligi hamda takomillashgan selfi kamera kutilgan edi. Lekin bunday bo‘lmadi.

Qadoq tarkibi

Xiaomi 11T Pro oq qutisida sotiladi. Qadoqdan 120 vattlik quvvatlash adaperi, USB-C kabeli hamda an’anaviy shaffof slikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!