Xiaomi 12 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi 12 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Internet sahifalarida Xiaomi 12 smartfoni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu smartfon dekabr oyida taqdim etilishi taxmin qilinmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi 12 qurilmasi 50MP asosiy kamera bilan birga ultrakeng hamda telefoto kameralariga ega bo‘ladi. Avvalgi Mi 11'ning asosiy kamerasi 108 megapikselni tashkil qilar edi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, yangi smartfonning asosiy kamera rezolyutsiyasi pasayadi. Biroq, Mi 11 smartfonidan farqli o‘laroq, Xiaomi 12 telefoto kameraga ega bo‘ladi. Hozircha smartfonning telefoto hamda ultrakeng kameralari qanday rezolyutsiyada bo‘lishi aniq emas. 

Smartfon, shuningdek, 100 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qurilmaning hajmi biroz kichrayishi aytilayotgan bo‘lsa-da, unda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘ladi. 

Avvalroq Xiaomi 12 smartfoni yangi Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘lishi haqida xabar bergan edik. 

O‘QING: Xiaomi birinchilardan bo‘lib Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etmoqchi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.