Xiaomi 12 Lite GeekBench'da testdan o‘tdi

Xiaomi 12 Lite GeekBench'da testdan o‘tdi

Xiaomi bir necha hafta oldin o‘zining Xiaomi 12 seriyasini taqdim etgan edi. Unda nisbatan arzonroq Xiaomi 12X modeli bo‘lishiga qaramay, kompaniya endi Xiaomi 12 Lite modelini ishlab chiqarmoqchi. 

GeekBench'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2203129G model raqamidagi ushbu smartfon 8GB tezkor xotira va Snapdragon 778 chipi bilan jihozlangan. 

GeekBench'da qurilma Snapdragon 778 chipiga ega bo‘lgan boshqa qurilmalar bilan o‘xshash natijani qayd etgan. Ya’ni Xiaomi 12 Lite bir yadroli testda 788 ball, ko‘p yadroli testda esa 2864 ballni qo‘lga kiritgan. 

Shuningdek, smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlashi ham ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yilgi Mi 11 Lite smartfoni 5G va 4G versiyalarda taqdim etilgan edi. Bu yilgi model esa faqatgina 5G versiyada taqdim etilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Xiaomi 12X'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!