Xiaomi 12 Lite jonli suratlarda

Xiaomi 12 Lite jonli suratlarda

Ancha vaqtdan beri mish-mishlardan tushmay kelayotgan Xiaomi 12 Lite smartfonining jonli suratlari e’lon qilindi. Suratni e’lon qilgan manba, shuningdek, smartfonning 2203129G model raqamiga ega ekanini ko‘rsatib berdi. 

Smartfon yassi displeyga ega bo‘ladi. Qolgan Xiaomi 12 modellaridan farqli o‘laroq uning korpusi plastikdan ishlanadi. Qurilmaga 120 gertsda ishlayovchi FHD+ OLED displeyi o‘rnatiladi. Barmoq izi skaneri esa displey ostidan o‘rin oladi. Smartfon stereo dinamik va infraqizil portga ega bo‘ladi. 

Orqa panelda 108MP (ba’zi hududlar uchun 64MP) asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 5MP makro kamera bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 

Xiaomi 12 Lite katta ehtimol bilan Snapdragon 778G Plus chipi bilan jihozlanadi. Yaqinda smartfon ushbu chipga ega ekanligi GeekBench ma’lumotlar bazasida aytilgan edi. Qurilmada 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘ladi.

O‘QING: Eng kuchli Poco smartfoni taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!