Xiaomi 12 Lite tez orada taqdim etilishi kutilmoqda

Xiaomi 12 Lite tez orada taqdim etilishi kutilmoqda

Xiaomi 12 Lite hali rasman taqdim etilmadi, ammo ba’zi do‘konlar smartfonni sotishni boshlab yuborgan. Smartfon tez orada taqdim etilishi kutilmoqda, chunki Yevropada Ruminiyaning Evomag va Ispaniyaning Orange operatori Xiaomi 12 Lite modelini o‘z xaridorlariga taklif qilmoqda. 

Smartfonning narxi 500 yevro etib belgilangan. Avvalgi mish-mishlarda qurilma Snapdragon 778G chipi va 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi aytilayotgan edi. 

Ruminiya va Ispaniyada smartfonning texnik ko‘rsatkichlari haqida berilayotgan ma’lumotlar ikki xil. Evomag riteyleri, ko‘rinishidan, eski Xiaomi 11 Lite NE modelining texnik ko‘rsatkichlarini taqdim etgan. Orange bergan ma’lumotlar esa haqiqatga yaqinroq. 

Xiaomi 12 Lite modeli 6.55 dyuymli AMOLED displeyi va Qualcomm chipsetiga ega bo‘ladi. Qurilmaning akkumulyator hajmi kattalashadi hamda quvvlash tezligi 67 vattga oshadi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfon 108MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 32MP selfi kameralarga ega bo‘ladi. 

Hozirda qurilma haqida yangi ma’lumotlar chiqishni davom etmoqda. 

O‘QING: Xiaomi 12S va Xiaomi 12S Pro smartfonlari bilan tanishamiz