Xiaomi 12 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Xiaomi 12 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Xiaomi 12 Lite boshqa Xiaomi 12 modellaridan biroz kechroq taqdim etildi. Yangilangan yassi dizayn bilan bir qatorda qurilma takomillashgan 120 gersli OLED displey, 108MP asosiy kamera va tezkor quvvlash texnologiyasiga ega bo‘ldi. Qurilma Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan. 

Xiaomi 12 Lite modeli Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Xiaomi 12 Lite'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.3x73.7x7.29mm, 173g; old panel shisha (Gorilla Glass 5) orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.55 dyuymli AMOLED, HDR10+, Dolby Vision, 120 gerts, 500 nit yorqinlik (o‘rtacha), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 402ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM7325 Snapdragon 778G 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (4x2.4 GHz Kryo 670 & 4x1.8 GHz Kryo 670); Adreno 642L.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; UFS 2.2.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, MIUI 13.

> Kamera: Asosiy kamera: 108 MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2, 120˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4, 1/5.0“, 1.75µm.

> Selfi kamera: 32 MP, f/2.45, 1/2.8“, AF.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60/120 kadr/sek; gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30/60 kadr/sek, 720p@120 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi, Quick Charge 4+, Power Delivery 3.0.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); infraqizil port; stereo dinamik.

Yana bir yangilik qatoriga selfi kamerani kiritish mumkin. Uning rezolyutsiyasi 32 megapikselga oshgan. Eng muhimi, kameraga endi avtofokus funksiyasi qo‘shilagan. Hozirgi smartfonlarning selfi kamerasida avtofokus funksiyasi juda kam uchraydi, hatto ko‘plab flagmanlarda ham ushbu funksiya yo‘q.

Ayni vaqtda ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z qurilmalarining narxini oshirmoqdalar. Biroq Xiaomi takomillashgan 12 Lite modelining narxini 400 yevroligicha saqlab qoldi. Qurilmaning korpusi juda yangil va ingichkaligi sabab u qo‘lda juda yaxshi o‘rnashib turadi.

Qadoq tarkibi 

Qurilma qadoq tarkibidan smartfon bilan birga 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof bo‘ladi.

Foto: GSMArena

O‘QING: Poco X4 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.