Xiaomi 12 Pro'ga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi 12 Pro'ga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi'ning yangi flagman smartfonlariga, xususan Xiaomi 12 Pro'ga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. 

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 12 Pro modeli Harman Kardon tomonidan ishlab chiqilgan to‘rtta dinamikka ega bo‘ladi. Odatda bunday tizimdagi dinamiklar planshetlarda bo‘lar edi. 

Ushbu ma’lumot Digital Chat Station insayderi tomonidan tasdiqlandi. To‘rtta dinamikka ega bo‘lgan smartfon tez orada DxOMark reytingida yetakchi bo‘lib olishi taxmin qilinmoqda. 

Shuningdek, smartfon Snapdragon 8 Gen1 chipi, 2K LTPO displeyi, 120 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda CyberFocus texnologiyasiga ega bo‘lgan Sony kompaniyasining IMX707 kamerasi bilan jihozlanadi. 

Mish-mishlarga qaraganda, Mi 11 Pro modelida bo‘lgan periskop kamera yangi Xiaomi 12 Pro'ga o‘rnatilmaydi. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning narxi va texnik jihatlariga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi