Xiaomi 12 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi 12 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xitoyda dekabr oyidan beri sotilayotgan Xiaomi 12 seriyasi o‘tgan haftada xalqaro bozor uchun ham taqdim etildi. Hozirda linyagi eng kuchli smartfon Xiaomi 12 Pro hisoblanadi. Bugun ushbu smartfon bilan yaqindan tanishamiz. 

Xiaomi o‘z flagmanlarini takomillashtirishni davom etmoqda. Xiaomi 12 Pro uchta 50MP kameraga ega (barcha kameralar yangilangan). 

Foto: GSMArena 

Qurilma Qualcomm'ning eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen1 chipi va Samsung'ning LTPO OLED displeyi bilan jihozlangan. Eng katta o‘zgarish quvvatlanish tezligida kuzatilgan, ya’ni smartfon endi 120 vattda quvvat olishi mumkin. 2022 yil bo‘lishiga qaramay Xiaomi o‘zining flagmanlarida ham infraqizil portni saqlab qolmoqda. 

Xiaomi 12 Pro'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 163.6x74.6x8.2mm, 204g; old panel shisha, orqa panel shisha, alyuminiy rom. 

> Displey: 6.73 dyuymli LTPO AMOLED, 120Hz, Dolby Vision, HDR10+, 1500 nit (maksimal), 1440x3200 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 521ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.50 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730. 

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.9, 24mm, 1/1.28“, 1.22µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 50 MP, f/2.2, 115˚; Telefoto: 50MP, f/1.9, 48mm, PDAF, 2x optik zum. 

> Selfi kamera: 32MP, 26mm (keng), 0.7µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@24 kadr/sek, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240/960 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30/60 kadr/sek, 720p@120 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4600 mAs; 120 vatt tezkor quvvatlash imkoniyat, 100% - 18 daqiqa (reklamaga ko‘ra), 50 vatt simsiz quvvatlash mumkin, 100% - 42 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 10 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati, Power Delivery 3.0, Quick Charge 4+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; infraqizil port. 

Qadoq tarkibi 

Xiaomi flagmani qora rangli qutida keladi. Uning ichidan smartfon bilan birga 120 vatt quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 11 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!