Xiaomi 12 smartfoni qanday dizaynga ega bo‘ladi?

Xiaomi 12 smartfoni qanday dizaynga ega bo‘ladi?

Digital Chat Station insayderi Xiaomi 12 smartfonining dizayni haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etdi. Insayder bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 12 smartfoniga xuddi Redmi K30s'da bo‘lgan kamera moduli o‘rnatiladi. 

Kamera modulining yuqorisidan bitta asosiy kamera o‘rin oladi, shuningdek, uning ostiga qo‘shimcha kameralar joylashtiriladi.

Bunday dizayndagi kamera moduli “Big Eyes and Small Eyes“ (Katta va kichik ko‘zlar) deb ataladi. Ushbu yechimdagi dizayn korpus ichida kattaroq hajmdagi akkumulyatorning bo‘lishi hamda qurilmani yupqaroq va yengilroq bo‘lishiga imkon beradi.

Xiaomi 12 smartfoniga LTPO displeyi o‘rnatiladi. Displey 120Hz adaptiv ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Taxminlarga ko‘ra, qurilma 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi hamda MIUI 13 operatsion tizimida ishlaydi. 

O‘QING: 9 ta Xiaomi smartfoni MIUI 13 operatsion tizimiga o‘tishga tayyor 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!