Xiaomi 12 Ultra qachon taqdim etiladi?

Xiaomi 12 Ultra qachon taqdim etiladi?

Xiaomi bosh direktori Ley Jun Weibo'da yangi Xiaomi flagmani iyul oyida rasman taqdim etilishini tasdiqlovchi xabarni joylashtirdi. Xiaomi 12 Ultra - bu Xiaomi va Leica tomonidan birgalikda yaratilgan birinchi flagman smartfon bo‘ladi. 

Lei Jun, shuningdek, Leica kompaniyasining optik dizayn va texnologiyalar bo‘yicha texnik direktoridan iqtibos keltirdi: «Biz Leica'ning 100 yildan ortiq tasvirlash tajribasini yangi Xiaomi smartfonlarida amalga oshirdik». 

Umumiy maqsadga erishish uchun, Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikdan tashqari, Leica kompaniyasi Xiaomi muhandislari bilan yonma-yon ishlash uchun Pekinga maxsus muhandislar guruhini yubordi. 

Xiaomi 12 Ultra Xiaomi kompaniyasining nafaqat Leica bilan hamkorlikda yaratilgan birinchi smartfoni, balki qizil rangli Leica logotipiga ega bo‘lgan birinchi Leica kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan smartfon ham bo‘ladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy A04s smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!