Xiaomi 12 Ultra yangi Snapdragon chipi bilan jihozlanadi: bu Snapdragon 8 Gen1 emas

Xiaomi 12 Ultra yangi Snapdragon chipi bilan jihozlanadi: bu Snapdragon 8 Gen1 emas

Xiaomi 12 Ultra smartfoni yangi Snapdragon chipi bilan jihozlanishi mumkin. Ushbu chip Qualcomm tomonidan rasman taqdim etilmagan. 

Gap Snapdragon 8 Gen1 Plus chipi haqida ketmoqda, u tez orada chiqishi mumkin, chunki Qualcomm unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan Snapdragon 8 Gen1 chipini tezda yangisiga almashtirmoqchi. 

Digital Chat Station insayderi Xiaomi flagmani ushbu yangi chip bilan jihozlanishi haqida ma’lumot bermoqda.  

Xiaomi 12 Ultra iyun oyida taqdim etilishini hisobga olsak, Qualcomm'ning yangi chipi ushbu vaqtgacha e’lon qilinishi kerak. Eslatib o‘tamiz, Xitoy kompaniyasining super flagmani 120Hz chastotali ekran va 120x zumli telefoto linzalariga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Poco X4 Pro 5G smartfoni chiqmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!