Xiaomi 12 Ultra yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi

Xiaomi 12 Ultra yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi

O‘tgan haftada Digital Chat Station insayderi qizil Leica logotipi tushirilgan Xiaomi 12 Ultra'ning orqa paneli tasvirlangan suratni taqdim etgan edi. Endi esa smartfonning umumiy dizaynini ko‘rsatuvchi yangi suratlar e’lon qilindi. 

@OnLeaks va Zoutonus insayderlari hamkorlikda Xiaomi flagmanini yangi renderlarini tuzib chiqdi. Suratlardan ko‘rinib turibdiki, qurilma orqa panelida to‘rtta kamera bo‘ladi. Avvalgi xabarlarda smartfon Mi 11 Ultra kabi uchta kameraga ega bo‘lishi aytilgan edi. Katta ehtimol bilan yangi modelga ikkinchi telefoto kamera qo‘shiladi. 

Zoutonus bergan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 50MP asosiy, 48MP ultrakeng va 48MP telefoto kamera bilan jihozlanadi. Old panelda esa yumaloq tirqishli 20MP selfi kamera bo‘ladi. 

Xiaomi 12 Ultra modeliga ikki tomoni qayrilgan 6.6 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilishi aytilmoqda. Displey 1440 x 3200 rezolyutsiyada bo‘lib, u 120 gerts chastot va HDR10+ imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma stereo dinamik va Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanadi. 

Avvalroq smartfon may oyida taqdim etilishi aytilgan edi, biroq taqdimot sanasi bir necha oyga surilgani xabar qilindi. Hozir ham qurilma qachon taqdim etilishi noma’lumligicha qolmoqda. 

O‘QING: Poco o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!