Xiaomi 12 Ultra'ning akkumulyator sig‘imi hamda necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 12 Ultra'ning akkumulyator sig‘imi hamda necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi

Mi 10 Ultra smartfoni Xiaomi smartfonlari orasida birinchilardan bo‘lib 120 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan edi. Ammo o‘tgan yilgi Mi 11 Ultra'ning quvvatlanish imkoniyati 67 vattga tushirildi. 

Digital Chat Station insayderi yangi Xiaomi 12 Ultra modelining akkumulyatori hamda zaryadlanish xususiyati haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yangi modelga 120 vatt quvvatlash texnologiyasi qaytariladi. 

Shuningdek, 4,860 mAs sig‘imli akkumulyatorni 50 vattda simsiz quvvatlash ham mumkin bo‘ladi. Ultra modelning akkumulyator Pro modelnikidan 260 mAs ga ko‘proq bo‘ladi. 

Boshqa bir manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi 12 Ultra smartfoniga 1440p+ rezolyusiyadagi Samsung kompaniyasining AMOLED displeyi o‘rnatiladi.

Garchi kameralarning dizayni o‘zgarib, ularni jihozlashda Leica bilan hamkorlik qilinsa-da, kameralarning texnik jihatlari avvalgi Mi 11 qurilmasiniki bilan bir xil bo‘ladi. 

Qisqa qilib aytganda, smartfon 50MP asosiy kamera, 48MP ultrakeng kamera hamda periskop linzali 48MP telefoto kamera bilan jihozlanadi. 

Hozircha qurilmaning qachon taqdim etilishi noma’lum. Dekabr oyida taqdim etilgan Xiaomi 12 va 12 Pro modellari hali global miqiyosda sotuvga chiqmadi. 

O‘QING: Nubia Red Magic 7 smartfonining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!