Xiaomi 12 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi

Xiaomi 12 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi

Bu yilgi Xiaomi Mi 11 Ultra o‘zining o‘zgacha dizayni bilan ko‘pchilikni ajablantirgan edi. Smartfonning orqa panelida katta kamera moduli bo‘lib, undan uchta kamera va ikkinchi qo‘shimcha displey o‘rin olgan edi. 

Yangi Xiaomi 12 Ultra ham yana o‘zgacha dizayndagi kamera moduliga ega bo‘ladi. LetsGoDigital insayderi qurilmaning 3D renderlarini taqdim etdi. 

Asosiy kamera modulning markazidan, ultrakeng kamera chap qismidan o‘rin oladi. Telefoto kamera esa asosiy kameraning pastki qismida joylashganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, modulning tepa qismida to‘rtinchi kamera bo‘lib, u ToF sensori bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Qolgan tirqishlarga LED chirog‘i, yurug‘lik va avtofokus sensorlari joylashtiriladi. 

Bir necha oy oldin Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 12 Ultra'ning kameralarini ishlab chiqishda Leica bilan hamkorlik qilishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Suratdan kelib chiqqan holda, Xiaomi 12 Ultra'ning kameralari Leica brendiga tegishli ekanligini aytishimiz mumkin. Hozircha bu tasdiqlangan ma’lumot, chunki Leica hali hamon Huawei bilan hamkorlik qilmoqda. 

Biroq Zeiss bir vaqtning o‘zida vivo, Sony va Nokia kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotganini hisobga olsak, Xiaomi va Leica o‘rtasida ham kelishuv borligiga ishonishimiz mumkin. 

O‘QING: G‘iloflar Xiaomi 12, 12 Pro va 12 Ultra smartfonlarining orqa panel dizaynini ko‘rsatib berdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!