Xiaomi 12 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 12 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Yangi Xiaomi 12 Ultra smartfonining kameralari Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi. Smartfonning o‘zi esa iyul oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Xo‘sh, kamera texnik ko‘rsatkichlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 

Mish-mishlarga qaraganda Xiaomi 12 Ultra'ning kamera texnik ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan Mi 11 Ultra'nikiga o‘xshaydi. Ya’ni yangi modelga 50MP asosiy kamera, 48MP 5x telefoto kamera va 48MP ultrakeng kamera o‘rnatiladi. 

Ushbu uchta kamera yonidan esa yangilik sifatida 3D ToF sensori o‘rin oladi. Selfi kameraning rezolyutsiyasi o‘tgan yilgi model kabi 20 megapiksel bo‘ladi. 

Displeyning texnik jihatlari esa Xiaomi 12 Pro modelinikiga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda. Ya’ni Xiaomi 12 Ultra'ga 6.7 dyuymli 120 gerts QHD+ rezolyutsiyadagi LTPO AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Mi 11 Ultra'ning displey hajmi 6.81 dyuym bo‘lib, unda LTPO texnologiyasi yo‘q edi. 

Smartfon 8/12GB tezkor LPDDR5 xotira va 256/512GB UFS 3.1 doimiy xotiraga ega bo‘lgan Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanadi. 

Qurilma, shuningdek, 67 vatt simli, 50 vatt simsiz quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi 4,800 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi aytilmoqda. O‘tgan yilgi Mi 11 Pro modeli 120 vatt quvvatlash tezligiga ega bo‘lgan edi. Xiaomi 12 Ultra ham 120 vattda quvvat olishi aytilayotgan edi, biroq buni tasdiqlaydi hech qanday ma’lumot mavjud emas. 

O‘QING: Galaxy A04 Core renderlari tarqatildi