Xiaomi 12 va 12 Pro jonli suratlarda

Xiaomi 12 va 12 Pro jonli suratlarda

Xiaomi kompaniyasi bugun Xiaomi 12 hamda 12 Pro smartfonlarini taqdim etadi. Seriyada yana Xiaomi 12X va 12 Ultra smartfonlari bo‘lib, ular keyinroq taqdim etiladi. 

Avvalroq, Xiaomi 12 va 12 Pro smartfonlarining ko‘plab texnik jihatlari ma’lum bo‘lgan edi. Kecha kompaniya direktori Li Jun ikki qurilmaga oid yangi ma’lumotlarni ochiqladi.

Xiaomi 12 modeli 67 vatt, Pro model esa 120 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. Smartfonlar, shuningdek, 50 vattda simsiz quvvat olishi mumkin. 

Xiaomi 12 Pro uchta 50MP kameralarga ega bo‘ladi. Avvalroq bunday yechimni Oppo smartfonlarida ko‘rgan edik. Shunday qilib, qurilmaga 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera, 50MP telefoto kamera o‘rnatiladi. 

Smartfon 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, u 120Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 480Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.73 dyuymli 1440p rezolyutsiyadagi displeyga ega bo‘ladi. 

Hozircha Pro model xalqaro bozor uchun ishlab chiqarilishi aniq emas. Mi 11 Pro faqatgina Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan edi. 

O‘QING: Xiaomi 12 Pro'ga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!