Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro xalqaro bozor uchun shu oyning o‘zida sotuvga chiqadi

Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro xalqaro bozor uchun shu oyning o‘zida sotuvga chiqadi

Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro modellari o‘tgan yilning dekabr oyida Xitoy bozori uchun sotuvga chiqqan edi. Nihoyat ikki model shu oyning oxirida xalqaro bozor uchun ham sotuvga chiqadi. 

Hozirda smartfonlarning Yevropadagi narxi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Xiaomi 12 modeli 899 yevro, Xiaomi 12 Pro modeli esa 1099 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

Bu smartfonlarning bazaviy modellari uchun ko‘rsatilgan narxlar. Kattaroq xotiraga ega bo‘lgan versiyalar uchun esa yana qo‘shimcha pul to‘lash kerak bo‘ladi. 

Ta’kidlash joizki, bazaviy modeldagi Xiaomi 12'ning narxi Galaxy S22'dan 50 yevro, Xiaomi 12 Pro esa Galaxy S22+ modelidan 50 yevroga qimmatroq. 

Xo‘sh, qimmat bo‘lishiga qaramay, Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro modellari xalqaro bozorda Galaxy S22 qurilmalari bilan raqobatlasha oladimi? Buni vaqt ko‘rsatadi. 

O‘QING: Redmi Note 11E 5G va 11E Pro smartfonlari taqdim etildi