Xiaomi 12'ning kameralari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi 12'ning kameralari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi 12 seriyasi shu yilning dekabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Digital Chat Station insayderi Xiaomi 12'ning kameralari haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi smartfonning kamera dizayni o‘zgaradi hamda 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. 

Xiaomi bu safar smartfonga Full HD+ rezolyutsiyadagi displey o‘rnatadi. O‘tgan yilgi Mi 11 smartfoni 1440p rezolyutsiyadagi displey bilan jihozlangan edi. 

Avvalgi avlod Mi 11 smartfoni kabi yangi Xiaomi 12 ham chetlari qayrilgan displeyga ega bo‘ladi. Displey yuqori qismining chap tomonidan yumaloq tirqishli selfi kamera o'rin oladi.

Bundan tashqari, smartfon 100 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Avvalroq Xiaomi 11T seriyasi ham 100 vattlik quvvatlash texnologiyaga ega bo‘lgan edi. 

Ekranosti barmoq izi skanerining ishlashi yaxshilanadi hamda uning namuna olish maydoni kattalashadi. 

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi kichik hajmdagi Xiaomi 12X smartfonini taqdim etmoqchi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!