Xiaomi 12'ning korpus o‘lchamlari sezilarli darajada kichrayadi

Xiaomi 12'ning korpus o‘lchamlari sezilarli darajada kichrayadi

Xiaomi 28-dekabr sanasida Xiaomi 12 seriyasini taqdim etadi. Taqdimot sanasidan oldin smartfonlarga oid ko‘plab ma’lumotlar sizib chiqmoqda.

Kecha kompaniya Xiaomi 12 smartfoni 6.28 dyuymli displeyga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. Taqqosh uchun, o‘tgan yilgi Xiaomi Mi 11 qurilmasi 6.81 dyuymli displey bilan jihozlangan edi. 

Kompaniya bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi 12 va 12 Pro smartfonlari DisplayMate reytingida A+ natijasini qayd etib, naq o‘n beshta rekordni yangiladi. 

Xiaomi 12 modeli korpusining kengligi 69.9 millimetr bo‘lib, bu bir qo‘lda smartfondan oson foydalanish imkoniyatini yaratadi. 

Shuningdek, taqdim etilgan tizerlar orasida Xiaomi 12 smartfoni iPhone 13 bilan taqqoslangan bo‘lib, unda Xiaomi 12 qo‘lda juda yaxshi o‘rnashib turgani tasvirlangan. 

Xiaomi yangi smartfonlarning kamera imkoniyatlari ancha takomillashganini ta’kidlab o‘tdi. Kamera algoritmini yaxshilash uchun kompaniya bir necha yil vaqt sarfladi. Yangi tizerga ko‘ra, endi smartfonlar barcha rejimlarda tasvirni tez qayta ishlay oladi.  

Xitoylik texnogigant, shuningdek, Xiaomi 12 uchun passiv sovutish tizimini butunlay qayta ishlab chiqqanini hamda smartfon va uning chipsetini nazorat qilish uchun yetarlicha kattalikdagi VC sovutish platasini qurilma ichiga o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. 

Xiaomi muhandislari smartfonning platasini kichraytirishga muvaffaq bo‘lishdi, bu esa smartfon ichiga sovutish tizimi va boshqa komponentlarni o‘rnatish uchun yetarlicha joy bo‘lishiga imkon berdi.

O‘QING: Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!