Xiaomi 12'ning orqa paneli aks etgan surat paydo bo‘ldi

Xiaomi 12'ning orqa paneli aks etgan surat paydo bo‘ldi

Xiaomi 12 smartfoni 12-dekabr sanasida taqdim etilishi kutilmoqda. Yaqinda internetda smartfonning orqa paneli aks etgan surat paydo bo‘ldi. Bu o‘z navbatlida qurilma qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi. 

Kameralar modulidan bitta katta kamera hamda ikkita qo‘shimcha kamera o‘rin oladi. LED chirog‘i va mikrofon kameralarning o‘ng tomonida joylashadi. Ushbu rasm smartfonning renderlarini yaratish uchun foydalaniladi. 

Bunday dizayn Xiaomi uchun yangilik emas. Avvalroq Mi 10T hamda Mi 10T Pro qurilmalari shunga o‘xshash kamera moduliga ega bo‘lgan edi. 

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, kalayotgan taqdimot marosimida uchta smartfon taqdim etiladi. 

O‘tgan yili avval Mi 11, keyinchalik esa Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra smarfonlari namoyish qilingan edi. 

O‘QING: 165 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan smartfon chiqmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!