Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Kecha Weibo platformasida Xiaomi 12 qurilmasining rasmiy tizerlari paydo bo‘ldi. 

Yuqoridagi suratda Osiyo o‘yinlari g‘olibi Su Bingtian tasvirlangan. Suratdagi yozuvni “tezroq va barqarorroq“ deb tarjima qilish mumkin. Bu so‘zlar bilan yangi smartfon avvalgi Xiaomi Mi 11 bilan taqqoslanmoqda. 

Afishada, shuningdek, smartfon 28-dekabr sanasida taqdim etilishi aytilgan. Shu kuni kompaniya Xiaomi 12 bilan bir qatorda Xiaomi 12X, Xiaomi 12 Pro smartfonlari hamda MIUI 13 interfeysini taqdim etishi kutilmoqda. 

O‘QING: Yana ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tadi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.