Xiaomi 12S rasmiy suratlarda

Xiaomi 12S rasmiy suratlarda

Xiaomi kelayotgan 4-iyul kuni o'zining yana bir flagman smartfonlari, Xiaomi 12S seriyasini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya rahbari, Ley Jun, o'zining rasmiy Weibo sahifasida Xiaomi 12S modelining turli xil tomonlardan olingan suratlarini ulashdi.



Xiaomi 12S qatorida uch xil oddiy modeldan tashqari yana ikkita smartfon bor: Xiaomi 12S Pro va Xiaomi 12S Ultra. Ma'lum bo'lishicha, smartfonlarning uchchovi ham Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetiga ega bo'ladi.

Shuningdek, Ley Jun yangi flagmanlar qatoridagi eng yuqori darajadagi texnik xususiyatlarga ega model, Xiaomi 12S Ultra kamerasida olingan rasmlarni ham o'z sahifasiga joylagan.



Ta'kidlanishicha, Xiaomi 12 Ultra smartfonlar bozoridagi eng katta kamera sensor, 1 dyuymli Sony IMX989 sensoriga ega bo'ladi. Taqqoslash uchun bu Galaxy S22 Ultra'ning asosiy kamera sensoridan 1.7 marta yoki iPhone 13 Pro Max kamera sensoridan 172 foizga kattaroqdir. Shuningdek, bu Sony'ning 1300 dollarlik Cyber-shot RX100 VII kamera sensori bilan bir xil o'lcham hamdir.

O'QING: 7,000 mAs akkumulyatorli smartfon taqdim etildi

 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!