Xiaomi 12S seriyasi rasman qachon taqdim qilinishi ma'lum qilindi

Xiaomi 12S seriyasi rasman qachon taqdim qilinishi ma'lum qilindi

Xiaomi rahbari rasman navbatdagi flagmanlar taqdim qilinadigan sanani ma'lum qildi. Unga ko'ra, Kompaniya Xiaomi 12S seriyasidagi smartfonlarni kelayotgan iyul oyining 4-kunida chiqaradi. Ushbu qator quyidagi modellarni o'z ichiga oladi: Xiaomi 12S, Xiaomi 12S Pro va Xiaomi 12S Ultra. Uchchala telefon ham Leica kameralariga ega bo'ladi va ularning bloklari modellarga qarab turli xil o'lchamda bo'ladi.


Shuningdek, tizer suratdan smartfonlar uch xil o'lcham va ranglarda chiqarilishini ko'rishimiz mumkin. Qurilmalarning uchchovi ham Qualcomm'ning Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan jihozlanadi, shu bilan birga, Xiaomi 12S Pro yana bir Dimensity 9000 yoki Dimensity 9000+ chipseti bilan chiqariladigan variantga ham ega bo'ladi.

O'QING: Xiaomi 12S va 12S Pro texnik xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!