Xiaomi 12S va 12S Pro texnik xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Xiaomi 12S va 12S Pro texnik xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Xiaomi yana ikkita yuqori sifatli telefonlar ustida ishlamoqda va ular Xiaomi 12S va Xiaomi 12S Pro smartfonlari bo'lib, yaqinda ulardan birining jonli suratlari ham tarqalib ketgan edi.

Rasmdan ko'rish mumkinki, Xiaomi 12S kameralari kompaniya yaqinda rasman hamkorlikni e'lon qilgan Leica brendi ostida bo'ladi.

Xitoylik insayder o'zining Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, Xiaomi 12S modeli Snapdragon 8+ Gen 1 bilan uch xil xotira konfiguratsiyasida chiqariladi:

8/128 GB
8/256 GB
12/512 GB

Xiaomi 12S Pro esa ikki xil chipsetli variantlarda chiqariladi va ularning xotira konfiguratsiyalari quyidagicha:

MediaTek Dimensity 9000
8/256 GB
12/512 GB

Snapdragon 8+ Gen 1
8/128 GB
8/256 GB
12/512 GB

Ta'kidlanishicha, Snapdragon variatidagi Xiaomi 12S Pro modeli 120W tezlikda zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydigan bo'ladi. Hozircha boshqa ma'lumotlar mavjud emas.

Smartfonlar kelayotgan iyul oyida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi 13 kutilganidan ertaroq taqdim qilinadi