Xiaomi 12S va Xiaomi 12S Pro smartfonlari bilan tanishamiz

Xiaomi 12S va Xiaomi 12S Pro smartfonlari bilan tanishamiz

Xiaomi 12S va 12S Pro modellarning asosiy kamerasi 1/1.28 dyuymli sensorga ega bo‘ldi. Xiaomi 12S Ultra modeldagi sensorni hisobga olmaganda bu katta hajmli kamera sensori hisoblanadi. 

Bu Xiaomi 12 va 12 Pro modellaridagi IMX707 sensor bilan bir xil, farqi S modellarning kameralari Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. 

Kecha taqdim etilgan uchala smartfon ham Leica Summicron linzalariga ega bo‘lib, Leica'ning tasvirlash profillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar Leica Authentic Look va Leica Vibrant Look rejimlarini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Authentic Look rejimi tabiiy suratlarni olishga qaratilgan, albatta, o‘zi Leica kameralari bunday suratlarni olishi bilag juda mashhur. Vibrant Look rejimi esa Leica va Xiaomi kompaniyalarining birgalikda olib borgan ishi hamda ikki kompaniyaning uslublar aralashmasi hisoblanadi. 

Shuningdek, ikki qurilma Adobe Labs tomonidan kalibrlangan 10-bitli RAW tasvirlarni olishga qodir. Smartfon ranglarni to‘g‘rilash metama’lumotlarini fayllarga joylashtiradi, shunda Adobe Lightroom avtomatik ravishda rasmlarni optimallashtiradi, bu esa fotograflarga o‘z suratlarini qayta ishlashga imkon beradi. 

IMX707 sensori 50 megapiksel rezolyutsiyada bo‘lib, tezkor 30 kadr/soniya rejimi hamda tezkor va davomiy suratlarni olishga qaratilgan Xiaomi'ning AI Image Solution va ProFocus rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Pro model ikkita 50 megapikselli kameraga ega. Birinchisi 50mm linzali 2x optik zumga ega bo‘lgan telefoto kamera, ikkinchisi esa 14mm linzali ultrakeng kamera. Oddiy 12S modeli esa 13MP ultrakeng va 5MP telemakro kameralarga ega. 

Xiaomi 12S va 12S Pro modellari Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u 10% yuqori unumdorlikni hamda 30% yuqori energiya samaradorligini taqdim etadi. 

Xiaomi 12 va 12 Pro modellariga qaraganda 12S va 12S Pro smartfonlari kamera va chip jihatdan takomillashgan. Qolgan jihatlar bo‘yicha texnik ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib ko‘rinmoqda. Xiaomi 12S Pro modeli 6.73 dyuymli LTPO AMOLED displeyi bilan jihozlangan (adaptiv 1-120 gerts, FullHD+ rezolyutsiya). Bu jihatidan Pro model Ultra bilan bir xil. Oddiy 12S modeli esa 6.28 dyuymli 120 gertsda ishlovchi (LTPO emas) AMOLED displeyiga ega. 

Xiaomi 12S Pro modelga 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u 120 vatt simli hamda 50 vatt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma 19-25 daqiqa vaqt sarflaydi.

Xiaomi 12S modeli esa 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U 67 vatt simli, 50 vattsiz quvvlash texnologiyasiga ega. 

Ikkala smartfon ham yaqin kunlar ichida Xitoy bozori uchun sotuvga chiqadi. Ularning narxi quyidagicha:

Xiaomi 12S

8/128GB - taxminan 600 dollar

8/256GB - taxminan 640 dollar

12/256GB - taxminan 700 dollar

12/512GB - taxminan 775 dollar 

Xiaomi 12S Pro

8/128GB - taxminan 700 dollar

8/256GB - taxminan 735 dollar 

12/256GB - taxminan 705 dollar

12/512GB - taxminan 880 dollar

O‘QING: Eng kuchli Xiaomi smartfoni taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!