Xiaomi 12T Pro modelining noodatiy versiyasi taqdim etildi

Xiaomi 12T Pro modelining noodatiy versiyasi taqdim etildi

Xiaomi 12T Pro modelining Daniyel Arsham nomli versiyasi taqdim etildi. Smartfon Nyu-Yorklik rassom bilan qo‘shma loyiha sifatida taqdim etilgan hamda unga haykaltaroshlik elementlari qo‘shilgan.

Qurilmaning o‘zi Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti, 200MP kamera hamda 12/256GB xotiraga ega. Uning orqa paneli yashil rangda, burchaklarida porlaydigan mis rangli kristallar bilan bezatilgan.

Daniyel Arshamning so‘zlariga ko‘ra, 20 yildan keyin ushbu smartfonga ega bo‘lgan odamlar uni uni haykaltaroshlik ob’yekti sifatida ishlatishadi. Konsepsiyaga ko‘ra, rassom orqa panel dizaynini eskirgan hamda eroziyaga uchragan ko‘rinishida yaratgan.

Xiaomi kompaniyasining ta’kidlashicha, hamkorlik “raqamli dematerializatsiyaning tasavvur qilingan kelajagi sari“ qurilgan va u kompaniyaning innovatsiya, dizayn va ishlab chiqarish kabi asosiy qadriyatlariga asoslanadi. Bu noyob smartfon 899 yevro turadi hamda atigi 2000 dona ishlab chiqariladi.

Smartfonga oldindan buyurtma berish 5 dekabrdan boshlanadi. 

O‘QING: Honor o‘zining yangi Magic VS buklamafonini taqdim qildi!