Xiaomi 12T Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Xiaomi 12T Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Xiaomi 12 modellarining soni xuddi Redmi Note 11 modellariga o‘xshab ko‘payib bormoqda. Yaqinda ikkita yangi Xiaomi 12T hamda 12T Pro modellari taqdim etildi. Asosan kameraga urg‘u berilgan “T“ modellari odatda byudjet flagmanlar hisoblanadi. 

Eng ko‘zga tashlanadigan jihat bu - 12T Pro modelining 200MP asosiy kameraga ega ekanligi hisoblandi. Samsung kompaniyasining ISOCELL HP1 sensori bilan jihozlangan. Ushbu sensor, shuningdek, avvalroq Motorola Edge 30 Ultra modeliga ham o‘rnatilgan edi. 

Xiaomi 12T Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.1x75.9x8.6mm, 205g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha, plastik rom.

> Displey: 6.67 dyuymli AMOLED, 120 gerts chastota, Dolby Vision, HDR10+, 1220x2712 piksel rezolyutsiya, 20.01:9 forma faktori, 446ppi zichlik, 480 gerts sensorli namuna olish chastotasi.

> Chipset: Qualcomm SM8475 Snapdragon 8+ Gen 1 (4 nm): sakkiz yadroli (1x3.19 GHz Cortex-X2 & 3x2.75 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730..

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dastur ta’minot: Android 12, MIUI 13.

> Kamera: Asosiy kamera: 200 MP, f/1.7, 1/1.22“, 0.64µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2, 120-daraja, 1/4“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 20 MP, f/2.2, (keng), 1/3.47“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/s; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/s.

> Akkumulyator: 5000 mAs; 120 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optim); NFC; infraqizil port; stereo dinamik (Dolby Atmos, Harman Kardon).

Xiaomi 12T Pro kameradan tashqari yaxshi displeyga ham ega. Qurilmaga 120 gerts chastotada ishlovchi 6.67 dyuymli AMOLED ekrani o‘rnatilgan. 1220x2712 rezolyutsiya piksellarning zichligi 446ppi ni tashkil qiladi. Displey Dolby Vision hamda HDR10+ imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Garchi u Xiaomi 12 va 12S modellaridagi LTPO turdagi dispey bo‘lmasa-da, uning sifati yomon emas. 

Smartfon, shuningdek, Dolby Atmos funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Harman Kardon stereo dinamiklari bilan jihozlangan. Qurilmaga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uni 120 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

Qadoq tarkibi

Smartfon oq qutida keladi. U hech qanday plyonka bilan o‘ralmagan. Bugungi smartfonlar qadoq tarkibi bilan taqqoslaganda 12T Pro'ning qutisida yetarli aksessuar bor. Aniqroq qilib aytganda, qutidan 120 vattli quvvlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena 

O‘QING: iPhone SE 4 haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!