Xiaomi 12T seriyasi qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Xiaomi 12T seriyasi qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Xiaomi kompaniyasi yana bir qator smartfonlar, Xiaomi 12T seriyasini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Garchi bu ma'lumot rasman kompaniya tomonidan tasdiqlanmagan bo'lsa ham, ma'lumot ishonchli ma'lumotchi tomonidan keladi.

Abhishek Yadav o'zining Twitter sahifasida ulashgan posterga ko'ra, Xiaomi 4-oktabr kuni yangi mahsulotlarni namoyish qilish uchun taqdimot o'tkazadi va katta ehtimol bilan unda anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan Xiaomi 12T seriyasi taqdim qilinadi.

"Lahzalarni mega qiling" sarlavhali poster Xiaomi 12T Pro modelining 200 megapikselli kamerasiga ishora qilayotgan bo'lishi mumkin. Agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa, 200MP sensor biz birinchi bo'lib Moto X30 Pro/Edge 30 Ultra smartfonida ko'rgan Samsung'ning ISOCELL HP1 sensori bo'lishi mumkin.

Shuningdek, taqdimot davomida yangi Redmi Pad plansheti va Redmi TWS simsiz quloqchinlari taqdim qilinishi ham kutilmoqda.

O'QING: 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega smartfon taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!