Xiaomi 12T seriyasi xalqaro bozorga sotuvga chiqadi

Xiaomi 12T seriyasi xalqaro bozorga sotuvga chiqadi

Xiaomi 12T seriyasi rasman 4 oktyabr sanasida taqdim etiladi. Bungacha smartfonlarga oid ko‘plab ma’lumotlar oshkor qilindi. So‘nggi sizdirilgan ma’lumotlarda Xiaomi 12T va 12T Pro modellarining Yevropadagi narxi ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu xabar Roland Quandt taomonidan e’lon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, Xiaomi 12 modelining 8/128GB turi 580 yevro, 8/256GB turi esa 630 dollarni tashkil qiladi. Xiaomi 12T Pro modelining 8/256GB xotira turi 770 yevro, 12/256GB turi esa 800 yevroni tashkil etadi. 

Ushbu yangi ma’lumotlardan smartfonlar narxi biroz arzonroq bo‘lishini aytish mumkin. Chunki avvalgi ma’lumotda Xiaomi 12T'ning narxi 650 yevro, Xiaomi 12T Pro modeliniki esa 850 yevrodan boshlanishi aytilgan edi. 

Shuningdek, ushbu xabardan 12T seriyasi Xiaomi 12 seriyasidan arzonoq bo‘lishini tasdiqlab berdi.

O‘QING: Bu safar rasman: Xiaomi 12T seriyasi 200MP kamerali smartfon bilan qachon chiqarilishi ma’lum qilindi  

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!