Xiaomi 12T va 12T Pro modellarining texnik ko‘rsatkichlari hamda narxlari oshkor qilindi

Xiaomi 12T va 12T Pro modellarining texnik ko‘rsatkichlari hamda narxlari oshkor qilindi

Xiaomi tez orada 200MP kamera bilan jihozlangan o‘zining birinchi smartfonini taqdim etadi. 12S Ultra'dan farqli o‘laroq u xalqaro bozorga ham sotuvga chiqadi. Bu Xiaomi 12T Pro modeli bo‘lib, u bilan oddiy 12T modeli ham taqdim etiladi. 

Ikkala smartfon 1,220 x 2,712 piksel rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Displey 120 gerts chastotada ishlaydi, uni Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. 

Ikki qurilmaga, shuningdek, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi, ular 120 vatt tezkor quvvlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlar premium toifada bo‘lsa-da, Xiaomi narxlarni pasaytirish maqsadida ularni 12S modellari kabi metall korpus emas, balki plastik korpus bilan jihozlamoqchi. Asosiy kamera va chipset jihatdan ikki qurilma o‘rtasida farqlar yuzaga keladi. 

Xiaomi 12T Pro modeli f/1.69 diafragma linzasi hamda optik stabilizatsiyaga ega 200MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. Bu Motorola Edge 30 Ultra modelidagi Samsung HP1 sensori bo‘lishi kutilmoqda. 

Pro model, shuningdek, Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanadi. Qurilma 8/12GB tezkor hamda 256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. 

Oddiy model esa 108MP kameraga ega bo‘ladi. Qolgan kamerlar ikki modelda bir xil, ya’ni ularga 8MP ultrakeng, 2MP makor hamda 2MP selfi kameralar o‘rnatiladi. 

Oddiy model Snapdragon o‘rniga Dimensity 8100 Ultra chipiga ega bo‘ladi. Qurilma 8GB tezkor hamda 128/256GB doimiy xotira bilan jihozlanadi. 

Xiaomi 12T va 12T Pro modellari avvalroq taqdim etilgan Xiaomi 12 va 12 Pro modellaridan arzonroq bo‘ladi. Xiaomi 12T Pro modeli Yevropa bozoriga 850 yevro narxda sotuvga chiqadi. Hozirda Xiaomi 12 Pro modeli ushbu mintaqada 900 yevro narxda sotilmoqda. 

Xiaomi 12T modelining narxi taxminan 650 yevroni tashkil qiladi. Xiaomi 12 modeli esa hozirda 700 yevroga baholanmoqda. Ikki smartfon kelasi haftada taqdim etilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Honor X40 smartfoni taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!