Xiaomi 12X'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi 12X'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi 12 seriyasi nihoyat xalqaro bozor uchun ham taqdim etildi. Bugungi tanishadigan smartfonining Xiaomi 12 modelining Lite versiyasi hisoblanadi. 

Xiaomi 12X juda ixcham va yangil smartfon. Hozirgi kunda smartfonlar borgan sari kattalashib ketmoqda. Biroq bunday kichik hajmdagi smartfonlarning ishqibozlari ham yo‘q emas. Chunki kichik hajmdagi smartfonlardan foydalanish va ularni cho‘ntakda olib yurish juda oson. 

Foto: GSMArena 

Xiaomi 12X chipsetni hisobga olmaganda qolgan texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha Xiaomi 12 bilan bir xil. Nisbatan arzonroq narx esa smartfonga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Qurilma kuchli chipset, tezkor quvvatlash texnologiyasi, yaxshi darajadagi kameralar va premium toifadagi displeyga ega. 

Kichik modeliga xuddi Xiaomi 12 kabi Full HD rezolyutsiyadagi 6.28 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan ushbu displey 120 gerts yangilanish chastotasi, 480 gerts sensorli namuna olish chastotasini hamda HDR10+ va Dolby Vision imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu har bir piksel uchun 12 bitli mahalliy rangni qo‘llab-quvvatlaydigan mobil telefondagi birinchi panel bo‘lib, u 68 milliarddan ortiq rangni ko‘rsatishga imkon beradi. 

Foto: GSMArena 

Smartfonga Snapdragon 870 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u yuqori unumdorlik va quvvat samaradorligini taqdim etadi. Orqa paneldagi uchta kamera ham xuddi Xiaomi 12 kabi - 50MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera hamda 5MP telemakro kamera. Selfi kameraning rezolyutsiyasi esa 32 megapikselni tashkil qiladi. 

Xiaomi 12X modeliga o‘rnatilgan Harman-Kardon stereo dinamiklari Dolby Atmos funksiyasini taqdim etadi. Smartfon 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

Xiaomi 12X'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 152.7x69.9x8.2mm, 176g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha, alyuminiy rom. 

> Displey: 6.28 dyuymli AMOLED, 68 milliard ranglar, 120 gerts, Dolby Vision, HDR10+, 1100 nit (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 419ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): Sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650. 

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy Kamera: 50MP, f/1.9, 26mm, 1/1.56“, 1.0µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 13MP, f/2.4, 12mm, 123˚, 1/3.06“, 1.12µm; Makro kamera: 5MP, f/2.4, 50mm, AF. 

> Selfi kamera: 32MP, f/2.5, 26mm (keng), 0.7µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@24 kadr/sek, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/120/240/960 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30/60 kadr/sek, 720p@120 kadr/sek, HDR. 

> Akkumulyator: 4500 mAs; 67 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 39 daqiqa (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 4. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); infraqizil port. 

Xiaomi kompaniyasi 12X modeliga hech qanday IP standartini taklif etmaydi. Shuningdek, smartfonda telefoto kamera mavjud emas. 

Umumiy olganda Xiaomi 12 texnik jihatlar bo‘yicha o‘z narxiga arziydigan smartfon. 

Qadoq tarkibi

Xiaomi 12X oq qutida keladi. Smartfon qutisidan 67 vatt quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

O‘QING: Xiaomi 12 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.