Xiaomi 13 haqidagi ilk ma'lumotlar

Xiaomi 13 haqidagi ilk ma'lumotlar

Bugungi kunda yangi avlod Xiaomi yillik flagmani haqida gapirishga hali erta, chunki kompaniya o'n ikkinchi avlod smartfonlari qatorini tugatib ulgurgani yo'q: Xiaomi 12 Ultra yaqin ikki oy ichida taqdim qilinishi kutilmoqda. Shunday ekan, hozirda Xiaomi 13 haqidagi ma'lumotlar tarqatilishi biroz mantiqqa to'g'ri kelmaydi, lekin kompaniya o'z flagmanlarini dekabrda taqdim qilishga odatlanganini hisobga olsak, u navbatdagi avlod smartfoni ustida ishlashni allaqachon boshlagan bo'lishi kerak.

Taniqli insayder o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Xiaomi uchta yangi flagman ustida ishlayotganini xabar qildi. Shubhasiz bu Xiaomi 13 qatoridagi yangi telefonlar bo'lib, insayder ularning ikkitasi 2K katta ekranligini tasdiqlaydi. Ma'lum qilinishicha ekranlarning yuqori va pastki chegaralari juda ingichka bo'lib, ularning yuqori markazida yumaloq tirqishlari bor va bu selfi kameradan boshqa hech narsa uchun emasligi shubhasiz. Shuningdek, R burchaklari biroz qattiqroq bo'lgan panelning ekranga nisbati yaxshiligi aytiladi.

Blogerning ma'lum qilishicha, smartfon SM8550 nomli chip bilan sinovdan o'tkazilmoqda va bu Qualcomm'ning yangi avlod Snapdragon 8 chipseti, Snapdragon 8 Gen 2 bo'lishi mumkin.

Qo'shimchasiga, yana bir manba ulashgan ma'lumotlarga qaraganda, Xiaomi o'n uchinchi avlod smartfonining oddiy va Pro modellarini Xitoy va global bozor uchun IMEI ma'lumotlar bazasidan ro'yxatdan o'tkazgan.

Xiaomi o'zining so'nggi ikki flagmanlarini dekabr oyida, yilning eng so'nggi kunlarida taqdim qilishga odatlangan va bu an'ana katta ehtimol bilan Xiaomi 13 uchun ham amal qiladi.

O'QING: Xiaomi Leica bilan hamkorlik qiladi