Xiaomi 13 kutilganidan ertaroq taqdim qilinadi

Xiaomi 13 kutilganidan ertaroq taqdim qilinadi

O‘tgan yilning dekabr oyida Xiaomi o'zining Xiaomi 12, Xiaomi 12 Pro va Xiaomi 12X flagman telefonlarini taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya o'zining o'n uchinchi avlod smartfonlari qatori ustida ishlamoqda va u (hali taqdim qilinmagan) Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan chiqarilishi kutilmoqda. Sizdirilgan yangi ma'lumotlarga ko'ra esa, bu yilgi Xiaomi flagmanlari kutilganidan oldinroq taqdim qilinishi mumkin.

Xitoylik insayderning xabar berishicha, Xiaomi 13 smartfonlari Android 13 bilan birgalikda sinovdan o'tkazilmoqda va jarayon o'tgan yilgiga qaraganda bir oy oldinda bo'lib, bu Xiaomi 13 smartfonlari joriy yilning noyabr oyida chiqarilishi mumkinligini ko'rsatadi. Yangi avlod flagmanlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqarilar ekan, Qualcomm ham o'zining yangi chipsetini noyabrda taqdim qilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi yil oxirida o'tgan yilgidek uchta emas, balki ikkita flagmanlarni taqdim qiladi. Bular esa Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlari bo'lib, ular mos ravishda "Nuwa" va "Fuxi" kod nomlarini olishgan, shu bilan birga, oddiy variant 2211133C, Pro variant esa 2210132C model raqamiga biriktirilgan.

Ikkala model ham ekran yuqori markazida teshikli selfi kamera va ingichka ramka bilan qirrali OLED displeyga ega bo'lishi, shuningdek, ikkovida ham Leica tomonidan ishlab chiqilgan uchlik orqa kameralar bo‘lishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi Black Shark 5 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!