Xiaomi 13 seriyasiga yangi model qo'shilmoqda, lekin u "yangi" emas

Xiaomi 13 seriyasiga yangi model qo'shilmoqda, lekin u

IMEI ma'lumotlar bazasida Xiaomi 13 Lite smartfoni payqab qolindi. Xiaomi 12 Lite davomchisi bo'lishi kutilayotgan ushbu smartfon 2210129SG model raqamiga ega. Qizig'i shundaki, bundan avval ham xuddi shunday model raqamli hali taqdim qilinmagan Xiaomi smartfoni - Xiaomi 12 Lite 5G NE ham IMEI bazasida "qo'lga tushgan edi".

Bu yerda nima bo'layotganini tushuntiradigan ikkita variant bor:

  • ehtimol, kompaniya ikki nomdan birini tanlagan, ammo keyinchalik boshqasidan foydalanishga qaror qilgan;
  • yoki bo'lmasa Xiaomi ikkila nomlardan ham foydalanish niyatida. Bunda bitta smartfon ikki xil nom bilan boshqa-boshqa davlatlar bozorlarida sotiladi.

Lekin bu hammasi emas. Mish-mishlarga ko'ra, Xiaomi 12 Lite 5G NE ham, Xiaomi 13 Lite ham yaqinda chiqarilgan Xiaomi Civi 2 smartfonining qayta brendlangan versiyasi bo'lishi mumkin. Bitta smartfon uch xil nom ostida.

Joriy yilning sentyabr oyida Xitoyda taqdim qilingan Xiaomi Civi 2 o'sha oyda Apple chiqargan iPhone 14 smartfonlarining Pro modellarida bo'lgani kabi dinamik orol dizayniga ega: selfi ishqibozlari uchun chiqarilgan smartfon tabletka dori shaklidagi uzunchoq tirqishda bir emas, ikkita old kamerasi bor.

O'QING: Galaxy S23 seriyasi uchun himoya oynalari ko‘rsatildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!