Xiaomi 13 Pro global versiyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Xiaomi 13 Pro global versiyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Xitoyning eng taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi, Xiaomi, o'tgan yil oxirida o'zining yangi avlod flagmanlarini taqdim qilgan edi. Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro endilikda mamlakatdan tashqariga chiqishga tayyorlanmoqda. Xiaomi'ning Hindistondagi bo'limi 13 Pro smartfonining 26-dekabr kuni MWC 2023 tadbiri davomida taqdim qilinishini e'lon qildi, deya xabar bermoqda GSMArena nashri.

Qizig'i shundaki, ulashilgan tizer posterda siz faqatgina Xiaomi 13 Pro nomini ko'rasiz, Xiaomi 13'ning o'zi esa u yerda qayd etilmagan. Biroq kompaniya rahbari Ley Jun "Xiaomi 13 seriyasi taqdimoti 26-fevral kuni bo'lib o'tadi" deya tvit qoldirgan o'zining Twitter sahifasida va bu yerda "seriya" so'zi oddiy model bo'lishiga ishora qiladi.

Xiaomi 13 smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan Android 13'ga asoslangan MIUI 14 operatsion tizimida ishlaydi. Ular bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

O'QING: Samsung o‘zining birinchi o‘yin-monitorini taqdim etdi