Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda tarqatib yuborildi

Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda tarqatib yuborildi

O'tgan yilgidan farqli o'laroq, Xiaomi kompaniyasi o'zining bu yilgi flagman smartfonlarini kutilganidan ertaqroq, noyabr oyida taqdim qilishi mumkin. Seriyada ikki model: oddiy va undan biroz kattaroq bo'lgan Pro model bo'ladi. Internetda ushbu Xiaomi 13 Pro modelining ishlab turgan holatdagi jonli suratlari tarqaldi.

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'iga joylangan surat bo'lajak Xiaomi smartfonining ba'zi texnik xususiyatlarini oshkor qiladi.

"Telefon haqida" sahifasi ko'rsatilgan rasmda smartfon (avval mish-mish qilinganidek) "nuwa" kod nomiga ega ekanligi ko'rish mumkin. 

12 + 3 (GB) soni qurilmaning operativ va virtual xotira hajmiga tegishli bo'lsa, 3.0 gigagertsli oltili protsessor hali taqdim qilinmagan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bo'lishi mumkin. Qolaversa, smartfon Android 13'ga asoslangan MIUI 14 qobig'ida ishlashi ham yaqqol ko'rinib turibdi.

Shuningdek, rasmdan Xiaomi 13 Pro ham yumaloq teshikli selfi kamera va yon tomonlari biroz egilgan dizaynga ega ekanligini ko'rish mumkin, xuddi Xiaomi 12 Pro kabi.

Avvalgi mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Xiaomi 13 Pro modeli 6.7 dyuymli, 2K rezolyutsiya va 120 gerts yangilanish tezligiga ega ekran bilan jihozlanadi.

O'QING: Xiaomi 13  kutilganidan ertaroq taqdim qilinadi