Xiaomi 13 Pro qanchalik tez zaryadlanishi ma'lum bo'ldi

Xiaomi 13 Pro qanchalik tez zaryadlanishi ma'lum bo'ldi

Xiaomi'ning hali taqdim qilinmagan 13 Pro smartfoni Xitoyda 3C sertifikatini qabul qildi. Unga ko'ra, smartfon 2210132C model raqamiga ega va u 120 Vt tezlikda zaryadlanadi. Ammo, bu Xiaomi flagman smartfonlari uchun begona emas - hozirgi Xiaomi 12 Pro ham 120 Vt tezlikda quvvatlanadi. Lekin bo'lajak smartfon kattaroq batareyaga ega bo'lishi mumkin.

Yaqinda ishlab turgan Xiaomi 13 Pro'ning "Telefon haqida" sahifasi ko'rsatilgan jonli surati Weibo ijtimoiy tarmog'ida tarqatib yuborilgan edi. Undan esa qurilma 12(+3)GB operativ xotira bilan 3 gigagertsli chipset (tahminan Snapdragon 8 Gen 2) da, Android 13'ga asoslangan MIUI 14 interfeysida ishlashini bilib olgan edik.

Qolaversa, Xiaomi 13 Pro smartfoni 6.7 dyuymli va 2K rezolyutsiya bilan 120 gerts yangilanish tezligiga ega ekran bilan jihozlanishi mish-mish qilinadi. Shuningdek, orqasida uchta 50 megapikselli kameralar bo'lishi ham tahmin qilinmoqda.

Xiaomi o'zining bu yilgi flagmanlarini o'tgan yilgidan ertaroq, kuz oxirida taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega smartfon taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!