Xiaomi 13 seriyasining taqdimot sanasi qayta belgilandi!

Xiaomi 13 seriyasining taqdimot sanasi qayta belgilandi!

Xiaomi o'zining yangi avlod flagman smartfonlarini dekabr boshida taqdim qilishga tayyorlanayotgan edi, biroq ma'lum bir sabablarga ko'ra, tadbir qoldirildi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, kompaniya Xiaomi 13 seriyasi uchun yangi taqdimot sanasini belgiladi.

Mi Store ilovasida Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlari rasman 11-dekabrda taqdim qilinishi ko'rsatilgan posterlar skrinshotlari Weibo ijtimoiy tarmog'ida tarqaldi. Xiaomi hali bu xabarni rasman tasdiqlaganicha yo'q, lekin WHYLAB taxallusli bloger buning rost ekanligini tasdiqlamoqda.

Xiaomi 13 smartfonlaridan tashqari kompaniya MIUI 14, Xiaomi Watch S2, Xiaomi Buds 4 va Xiaomi Mini Host — kompaniyaning ilk kompyuteri taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi 13 seriyasining texnik ko‘rsatkichlari hamda qanday rangda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!