Xiaomi 13 seriyasining texnik ko‘rsatkichlari hamda qanday rangda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 13 seriyasining texnik ko‘rsatkichlari hamda qanday rangda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 13 seriyasining taqdimoti kechiktirildi. Biroq bu hodisa qurilmalarning haligacha noma’lum bo‘lib qolayotgan kamera, xotira hamda akkumulyator texnik ko‘rsatkichlariga oid bo‘lgan ma’lumotlarni chiqishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi 13 hamda 13 Pro modellari 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB va 12/512GB xotira hajmlarida sotuvga chiqadi. 8/128GB xotiraga ega model UFS 3.1, qolgan modellar esa UFS 4.0 xotirasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, barcha modellar LPDDR5X tezkor xotirasi bilan jihozlanadi. 

Xiaomi 13 seriyasi kamida to‘rt xil rangda taqdim etiladi. Ulardan bittasi cheklangan versiya bo‘lib, undan faqat cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. Distant Mountain Blue rangli modelning orqa tomoni charm bilan qoplansa, Wilderness Green rangli modelning orqa panel shishdan bo‘ladi. Qolgan ikki rang esa Ceramic Black Black va Ceramic Black deb nomlanadi. 

Ishonchli insayder hisoblanuvchi Panda, shuningdek, smartfonlarning kamerasi, akkumulyatori hamda quvvatlanish tezligi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Xiaomi 13 modeli 50MP Sony IMX800 asosiy kamera sensoriga ega bo‘ladi. Ultrakeng kamera sifatida qurilmaga 12 megapikselli OmniVision OV13B sensori, telefoto kamera sifatida esa 10 megapikselli 3.2x optik zumga ega Samsung S5K3K1 sensori o‘rnatiladi. Gadjet 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, 67 vattda simli, 50 vattda simsiz quvvat olishi aytilmoqda. 

Xiaomi 13 Pro modeli esa 50MP IMX989 sensorli asosiy kamera, bundan tashqari, Samsung GN1 sensorli ultrakeng kamera hamda xuddi shu sensorli 3.2x optik zumga ega telefoto kameraga ega bo‘ladi. Qurilma 4,820 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Uni 120 vattda simli, 50 vattda simsiz quvvatlash mumkin.

O‘QING: Apple'ning sun’iy yo‘ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish xizmati bir odamning hayotini saqlab qoldi!